Jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg‘ona filialiga o‘qishga kirishda yuqori ball to‘plagan, ammo soxta natijalar tufayli o‘qishga qabul qilinmagan 145 nafar abituriyent ishi ko‘rib chiqilib, ular talabalikka tavsiya etildi. Oliygoh qabul komissiyasi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zDJTSU Farg‘ona filialida o‘tkazilgan kasbiy imtihonlarda 356 nafar abituriyent to‘plagan ballarga soxta yozuvlar kiritilib, ularning 322 nafariga ball qo‘shib berilgani, 34 nafarining ballari esa kamaytirilgani aniqlandi. Natijada yuqori ball to‘plagan 145 nafar abituriyent o‘qishga kira olmagan.
Jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning Farg‘ona filialida qonunchilik talablari buzilgani aniqlandi. Xususan, ijodiy imtihon ballari oshirib qo‘yilgan, kvotalar sun’iy oshirilgan, korrupsiya va talon-toroj qilish kabi holatlarga yo‘l qo‘yilgan. Hozirda tergov olib borilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting